Янгиликлар

Qatortol mahallasida deputat faoliyati.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna o‘z saylov okrugida joylashgan “Qatortol” mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud masalalar, amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqbolda rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Alohida e’tibor yoshlar masalalariga qaratildi. Jumladan, maktab bitiruvchilarining oliy va professional ta’lim muassasalariga yo‘naltirilishi, kasb tanlash jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, yoshlar bandligini ta’minlash hamda yozgi ta’til davrida bolalar va o‘smirlar uchun turli to‘garaklar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar hamda ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3