Янгиликлар

🏛 Ko‘p qavatli uy-joylar holati o‘rganildi

🏛 Ko‘p qavatli uy-joylar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M.Tangriberganov  hamda Tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i R.Abdurasulovlar tomonidan tuman markazidagi ko‘p qavatli uy-joylarning texnik holati, hududlarda yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida uy-joy fondini saqlash, obodonlashtirish ishlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur o‘rganishlar aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, kommunal xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda hududlarni obod etish maqsadida amalga oshirilmoqda.                                             

Slide 1 of 1