Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a'zosi Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan o‘z okrugi aholisi murojaatlari asosida Gavhar va Do‘mbirobod mahallalarida o‘rganish ishlari olib borilganligi ma'lum qilingan edi.
✍️Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hamda tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
➡️Deputatlik so‘rovida Gavhar va Do‘mbirobod mahallalari hududidagi qurigan hamda xavf tug‘dirayotgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, aholi va bolalar xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlarni belgilangan tartibda bartaraf etish choralarini ko‘rish so‘ralgan.