Янгиликлар

Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashi deputati Fotima Seydabdullayeva Tuproqqala tuman markazida joylashgan IT Parkda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir davomida IT Parkda turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoshlar o‘zlari shug‘ullanayotgan faoliyatlari, loyihalari va qiziqishlari yuzasidan deputat bilan muloqot qildilar.

Muloqot jarayonida deputat F. Seydabdullayeva tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud imtiyozlar hamda ularning kelgusida o‘z bilim va salohiyatini amalda qo‘llashi uchun yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ulardan samarali foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Slide 1 of 7