Янгиликлар

Tuman hokimi va tuman Kengashi raisi “Jasorat” maktabida bo‘ldi

Tuman hokimi Akmal Jimalyazov hamda tuman Kengashi raisi Xushnudbek Sultonov “Jasorat” maktabi o‘quvchilarining o‘quv-taktik mashg‘ulotlari va ko‘rgazmali chiqishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, faxriylar, deputatlar va mahalla faollari ishtirokida vatanparvarlik mavzusida davra suhbatlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1