Янгиликлар

MAHALLADA YOSHLARNI SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHIGA E’TIBOR QARATILMOQDA.

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati “6-Qo‘rg‘oncha” saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva tomonidan mahallada aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktabidagi sport zali va sport anjomlari mavjudligi, ularning holati batafsil o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgani aniqlandi. Xususan, sport maydonchalari va sport zali holati ko‘zdan kechirilib, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, inventarlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ommaviy sport tadbirlariga keng jalb etish, turli musobaqa va turnirlar tashkil etish orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7