Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Nazorat tadbiri amalga oshirildi.

Nazorat tadbiri amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 17–“Yangi hayot” saylov okrugi deputati Sadatov Mustafo tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim muassasasida nazorat tadbiri amalga oshirildi.Tadbir davomida muassasa mudirasi Shoynozarova Dilfuza tomonidan muassasa faoliyati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.Deputat muassasadagi bolajonlar uchun yaratilgan ta’lim va tarbiya muhiti, sanitariya-gigiyena holati bilan yaqindan tanishdi.Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish ratsionlari, oziq-ovqat mahsulotlari sifati hamda muassasaga bugungi kunda qatnayotgan bolalar ro‘yxati o‘rganildi.
Nazorat tadbiri davomida bolalar salomatligi, sifatli ovqatlanishi va ular uchun yaratilgan sharoitlarning belgilangan talablar asosida tashkil etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1