Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Zomin tuman Perinatal markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida muassasada ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tug‘ruq kompleksida zamonaviy tibbiy jihozlardan samarali foydalanish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda onalar va chaqaloqlarga ko‘rsatilayotgan manzilli tibbiy yordam tizimi o‘rganildi.

Deputat tomonidan sohaga oid mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4