Янгиликлар

📌 38-son maktabda ovqatlantirish sifati va sanitariya talablari nazorat qilindi

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari M.Ro‘zmetov, G‘.Ollamov, Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov, Shovot tuman SEO va JSB xodimlari hamda “Adolat” SDP Shovot tumani Kengashi raisi M. Abdiyazov tomonidan Bo‘yrachi mahallasidagi 38-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida monitoring ishlari olib borildi.

📌 Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosi o'rganildi.

🥗 Shuningdek, o‘quvchilarga sifatli va xavfsiz taomlar yetkazib berish, oshxona faoliyatini belgilangan tartib asosida tashkil etish hamda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅ Monitoring yakunida mavjud holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.