Янгиликлар

Deputat nazorati: Mahalla yettiligi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

Mazkur tashrif davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga doir 24 ta tavsiya asosida “mahalla yettiligi”ning ish samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

🔴O‘rganish jarayonida mahalla mas’ullari tomonidan aholi muammolari bilan ishlash va ijtimoiy masalalarni hal etish holati tanqidiy tahlil qilindi.

🔴Deputat tomonidan yettilik a’zolarining xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishi hamda hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari muhokama etildi.

🔴Tahlillar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi bilan qayta aloqa tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

🔴Bu kabi nazorat tadbirlari mahalla institutining jamiyatdagi rolini oshirish va ijro intizomini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5