Янгиликлар

"Yangiobod" mahallasida deputat faoliyati va ijtimoiy soha xodimlarining ish natijalari tahlil qilindi

🔴Tashrif davomida mahalla "yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazilib, deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga doir 24 ta tavsiya asosida amalga oshirilayotgan ishlar muloqot markazida bo‘ldi.

🔴Shuningdek, hududda hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim tomonidan aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash borasida bajarilgan amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔴Mahalladagi muammolarni hal etishda deputat va mahalla mas’ullari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati hamda istiqboldagi rejalar atroflicha tahlil etildi.

🔴Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish orqali mahalla infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3