Bugungi
kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda
kelgusi avlodlar uchun sog‘lom tabiatni saqlab qolish masalasi dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan eng muhim ekologik tashabbuslardan biri
sifatida alohida e’tiborga loyiqdir.
Deputat
sifatida mazkur loyihani to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Ayniqsa, “Bir fuqaro —
bir daraxt” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar jamiyatda mas’uliyat
hissini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu esa har bir insonni tabiatga befarq
bo‘lmaslikka undaydi.
Xulosa
qilib aytganda, “Yashil makon” umummilliy loyihasi — bu faqat ekologik emas,
balki ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbusdir. Uning ijrosida faol ishtirok
etishimiz, ekilgan mevali va manzarali ko‘chatlarni parvarishlash har
birimizning fuqarolik burchimizdir. Deputat sifatida esa ushbu ezgu tashabbusni
qo‘llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy
ishlarga hissa qo‘shishni muhim deb bilaman.
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman
Kengashi deputati