Янгиликлар

Deputat bilimli yoshlarni talabalik baxti bilan shaxsan tabrikladi

Xalq vakili o‘z okrugidagi iqtidorli yoshlarni, xususan — G‘ulomov Jamshid va Xurramova Hulkarning yuksak intellektual salohiyatini alohida e’tirof etdi.

Tadbir davomida deputat xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan ushbu yoshlarni erishgan ulkan yutuqlari bilan shaxsan qutladi.

Deputat o‘z so‘zida bilimli yoshlar tumanimizning faxri ekanligini ta’kidlab, bo‘lajak talabalarga munosib rag‘batlantiruvchi sovg‘alarni topshirdi.\

Uchrashuvda deputat tomonidan yoshlarning ta’lim olishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

Deputat yosh avlod vakillarini doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib, ularning kelgusi ilm yo‘lidagi faoliyatiga oq yo‘l tiladi.

Slide 1 of 8