OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
Mazkur Qonun 2022-yil 25-fevralda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2022-yil 17-martda Senat tomonidan maʼqullangan.
Qonunning asosiy maqsadi — kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Qonunda:
kiberxavfsizlikning asosiy prinsiplari;
kibertahdid va kiberhujumlarga qarshi choralar;
davlat organlari hamda tashkilotlarning majburiyatlari;
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini himoya qilish;
axborot tizimlari xavfsizligini taʼminlash;
kiberjinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalari belgilab qoʻyilgan.
Shuningdek, Qonunga muvofiq:
davlat organlari va tashkilotlari oʻz axborot tizimlari xavfsizligini taʼminlashi;
kiberhujumlar haqida vakolatli organlarni xabardor qilishi;
maʼlumotlarning zaxira nusxalarini saqlashi;
sertifikatlangan himoya vositalaridan foydalanishi shart etib belgilangan.
Bugungi raqamli davrda kiberxavfsizlik — davlat va jamiyat xavfsizligining muhim tarkibiy qismidir.