Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Islamova tomonidan Ahillik MFY hududida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tibbiyot xodimlari faoliyati, dori-darmon ta’minoti, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda murojaatlar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.