Янгиликлар

Maktab bitiruvchi o‘quvchilari bilan ochiq muloqot

 Ochiq muloqotda oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, ehtiyojmand oilalar vakillarini qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil tushuntirish berildi. 

Yoshlarning taklif, tashabbus va muammolari o‘rganildi. Ular mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va rag‘batdan foydalangan holda puxta bilim egallashi, yurtimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilishi lozimligi ta’kidlandi. 

Yoshlar kuni doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham ishtirok etdi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1