📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev hamda “Inson” ijtimoiy markazi rahbari B.Ismoilov tomonidan Mustaqillik MFYda yashovchi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv va suhbat o‘tkazildi.
🔷Suhbat davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda kasb-hunarga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.