Янгиликлар

2026-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

2026-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri J.Hamrayevning kunlik ish rejasiga asosan, Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U.Bobojonov, Kengash kotibiyati xodimlari, doimiy komissiya raislari hamda siyosiy partiya rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2026-yilning 1-choragi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar muhokama etildi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish, doimiy komissiyalar faolligini oshirish hamda hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4