Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova, tuman “Madad” NNT mutaxassisi M.Mamatqulov hamda Yangihayot mahallasi xotin-qizlar faoli R.Muqimova tomonidan Yangihayot mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida murojaatchilar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar hamda mavjud masalalar tahlil qilindi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.