Янгиликлар

Shifobuloq mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

Shifobuloq mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

🚨 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.Haitov, Kengash kotibiyati xodimlari, shuningdek, tuman Kengashi deputatlari tomonidan Shifobuloq mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🚨 O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi boshchiligidagi “mahalla yettiligi” a’zolari — hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektori tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aholini ish bilan ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

🚨 Shuningdek, deputatlar tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy infratuzilma, kommunal xizmatlar sifati va mahalladagi dolzarb muammolar ham o‘rganildi.

🚨 O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3