Янгиликлар

#deputat_faoliyati #24_tavsiya

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 14-Kayran saylov okrugi deputati Primqulov Rustam tomonidan 38-maktab faoliyati o‘rganildi. Mazkur o‘rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov ham ishtirok etdi. O‘rganishlar “24-tavsiya” ijrosi doirasida olib borilib, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona faoliyati hamda zamonaviy monitor va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars o‘tish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ‘quvchilarning sifatli bilim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifati va ma’naviy-ma’rifiy muhitga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, yoshlarning bilim va dunyoqarashini oshirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhim ekani ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1