Янгиликлар

Deputat – xalq dardiga hamdard!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan o‘z saylov okrugida fuqarolar murojaatlari tinglandi.

✅Uchrashuv davomida aholi tomonidan turli yo‘nalishlarda – ijtimoiy muammolar, kommunal xizmatlar, infratuzilma, bandlik va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilandi.

📈Shuningdek, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

✍️Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning muammolarini tezkor va samarali hal etish, deputat va aholi o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1