Hududlarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, aholining muammolariga tezkor va samarali yechim topish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan Elbek MFY hokim yordamchisi Jurayev G‘olibning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolar bilan ishlash tizimi, murojaatlar ijrosi, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarning amalga oshirilishi hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.