Янгиликлар

7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!

 7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida fidokorona mehnat qilayotgan barcha mutaxassislarni bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Bugungi kunda yurtimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, zamonaviy platforma va mobil ilovalarni hayotga keng tatbiq etishda sizlarning munosib hissangiz beqiyosdir.Sizlarning bilim, tajriba va tashabbuslaringiz tufayli jamiyatimizda raqamli taraqqiyot izchil davom etmoqda.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin! 🌐💻📡