Янгиликлар

Oq Oltin mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Oq Oltin mahallasida mazkur okrug deputati X. Turdiyev hamda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Qorayeva ishtirokida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✍️Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, xotin-qizlar bandligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muammolar hamda yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📖Shuningdek, aholi murojaatlari asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha choralar belgilandi.

✅Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan bevosita ishlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1