Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Ushot mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jondor tuman Kengashi raisi B.Enazarovlar hamkorligida tumandagi "Ushot" mahallasida aholi bandligi masalalari holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida mahallada mehnatga layoqatli, ishsiz fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning doimiy ish bilan ta’minlanishi, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanish holati tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, mahallada aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ish o‘rinlari yaratish, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari orqali aholi daromadini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi ham ko‘zdan kechirildi.
✔️O‘rganish davomida aniqlangan ayrim muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda aholi murojaatlarini manzilli hal etish, ishsiz fuqarolarni bandlik dasturlariga keng jalb qilish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va ularning ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5