Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
#Deputat_axboroti

#Deputat_axboroti

2026-yilning II-choragi yakunlari bo‘yicha deputatlik faoliyati yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Nurafshon shahari Kengashi 17-Xurriyat saylov okrugi deputati Nuridin Niyozov tomonidan 2026-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan “Xurriyat” mahallasi aholisiga axborot berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi a'zolari, mahalla faollari, umumta'lim maktablari direktorlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, hududdagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan ham axborot taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3