Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlari uchun seminar o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminar Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruhning Surxondaryo viloyatida olib borgan o‘rganishlari yakunlari hamda ular tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Seminarda xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi S. Nurmahmatov so‘zga chiqib, Kengash faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, sessiyalarni sifatli tashkil etish, qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini monitoring qilish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ularning ijrosini nazorat qilish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha deputatlar oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Seminar davomida deputatlik so‘rovlari bilan ishlash, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, mahalliy ijro organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, jamoatchilik eshituvlarini samarali tashkil etish hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan so‘z yuritildi.

Yakunda deputatlarga 2026-yil uchun tasdiqlangan saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvali asosida o‘z saylov okruglarida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarini qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqish, zarur hollarda tegishli mansabdor shaxslarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda deputatlik so‘rovlarining o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlamagan tashkilotlar masalasini xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida muhokama qilib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5