Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

🔖 Haftalik ish rejaga muvofiq, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi 14-Paxta saylov okrugi deputati Raximqul Maxammadiev tomonidan "Paxta" mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida "Ko‘chama-ko‘cha" deputat daftari asosida aholi murojaatlari qayd etilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi.

Shuningdek, mahalla "yettiligi" faoliyati o‘rganilib, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarning tungi yoritilishi, hududdagi obodonlashtirish ishlari hamda mavjud ijtimoiy muammolar yuzasidan atroflicha tahlil olib borildi.

📍 Jumladan, "Paxta" mahallasi hududida ta'mirtalab holatga kelgan ko‘prik yuzasidan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi. Okrug deputati va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilib, murojaat ijobiy hal etildi hamda ko‘prikni ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

⚡️ Fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, mahallalarda qulay infratuzilmani shakllantirish hamda aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 8