Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Tuproqqal’a tumanida jinoyatchilikka qarshi kurash va qonuniylikni ta’minlash borasidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman prokurori M. Sapayevning 2026-yil II choragi yakunlari bo‘yicha tumandagi jinoyatchilik ahvoli va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarim yilligida:
✅ 142 ta prokuror nazorati hujjati qo‘llanilib, 93 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi;
✅ qonunga zid 20 ta huquqiy hujjat bekor qilindi yoki qonunchilikka muvofiqlashtirildi;
✅ ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha qator amaliy ishlar amalga oshirildi;
✅ mahallalarda jinoyatchilik profilaktikasi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholining huquqiy madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Sessiya yakunida mas’ul tashkilotlarga jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa firibgarlik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlar profilaktikasini kuchaytirish, "sariq" toifadagi mahallalarda manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan individual ishlash tizimini takomillashtirish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda hududda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1