Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan o‘z saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablari, oziqlantirish sifati hamda xavfsizlik masalalari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tashkilot rahbariyati bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Faoliyat samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash hamda bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini oshirish va yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4