Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi 28-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Kengash huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda "Yoshlar maslahat guruhi"ning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida sessiya kun tartibiga kiritilgan "Tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti"ni har tomonlama va xolis o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

✅ Muhokamalar jarayonida hisobotni puxta tahlil qilish hamda sessiyada asoslantirilgan xulosa va takliflar ishlab chiqish maqsadida quyidagi vazifalar belgilab olindi:

➡️ Boyovut tumani Ichki ishlar bo‘limi faoliyatini o‘rganish yuzasidan savolnoma ishlab chiqish;
➡️ huquqbuzarliklar profilaktikasi, korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar holatini chuqur tahlil etish uchun ishchi guruh faoliyatini tashkil etish;
➡️ mahallalar va tegishli tashkilotlarda joyiga chiqib o‘rganishlar o‘tkazish hamda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflarni tayyorlash.

Shuningdek, o‘rganish jarayonlariga "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolarini faol jalb etish, ularning taklif va tashabbuslaridan samarali foydalanish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, o‘rganish natijalari asosida Kengashning doimiy komissiya yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 9