Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Deputat mahallada ijtimoiy himoya masalalarini joyiga chiqib o‘rgandi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun
#Deputat_daftari


Deputat mahallada ijtimoiy himoya masalalarini joyiga chiqib o‘rgandi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan "13-Uchtepa" saylov okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi eng muhim 24 ta tavsiya hamda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat ijtimoiy sug'urtasi to'g'risida” 2025-yil 9-dekabrdagi O‘RQ–1101-son Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati Yu.Sakkokiy mahallasida joyiga chiqib o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarni aniqlash mezonlari, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lovlarning qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan tahliliy o‘rganish olib borildi.

📁 Shuningdek, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish mexanizmlarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Deputat tomonidan mas’ul mutasaddilar bilan mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinib, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, manzillilik tamoyilini yanada kuchaytirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, mahalla raisi Alisher Alimov hamda "mahalla yettiligi" a'zolari ishtirok etishdi.

🕯 Mazkur o‘rganish natijalari yuzasidan aniqlangan holatlar deputatlik nazorati doirasida tahlil qilindi hamda ijtimoiy xodim tomonidan mavjud muammoli masalalar eshitildi va deputatning qayd daftariga kiritilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 3