Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Deputatlik so‘rovlari orqali Yashnobod tumanidagi xavfsizlik va jamoat tartibi masalalari ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovlari orqali Yashnobod tumanidagi xavfsizlik va jamoat tartibi masalalari ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Sultonxo‘jayev hamda Toshkent shahar hokimi Sh.Umurzoqov nomiga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

📍 Joriy yilning 6-iyun kuni Yashnobod tumani “Katta Qo‘yliq” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan norasmiy kunlik ishchilar markazi bilan bog‘liq qator muammolar ko‘tarildi.

📝 O‘rganishlar davomida mazkur hududda har kuni taxminan 500–600 nafar kunlik ishchi to‘planishi, ularning faoliyati tartibga solinmagani, bu esa mahalla aholisi orasida xavotir va noroziliklarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi. Shuningdek, norasmiy ishchilar markazi yaqinidagi Toyona ko‘chasi 9–37-uylar yonida joylashgan savdo shoxobchasida ayrim shaxslarga spirtli ichimliklar sotilishi oqibatida mast holatdagi fuqarolarning ko‘payishi, ularning ko‘p qavatli uylar atrofi va jamoat joylarida to‘planishi, bolalar hamda xotin-qizlar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

🚨 Deputatlik so‘rovlarida hududda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritayotgan norasmiy kunlik ishchilar markazini tartibga solish, ushbu masalani maxsus ishchi guruh ishtirokida atroflicha o‘rganish, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etish so‘ralgan.

🔎 Xususan, deputat Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i R.Sultonhodjayevdan hududdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, Toshkent shahar hokimi Sh.Umurzoqovdan esa mazkur hududdagi norasmiy kunlik ishchilar markazi faoliyatini tartibga solish, mas’ul tashkilotlar ishtirokida muammoni kompleks o‘rganish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli choralarni belgilash talab etilgan.

🤝 Har ikki deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida yuborilgan bo‘lib, ko‘tarilgan masalalar deputat Sevara Fayziyeva tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1