Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Kim Vitaliy Gennadevich ikkinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Kamolot” mahallasida saylovchilarga axborot berdi.

Uchrashuvda tuman hokimligi vakili Elamanov Muxriddin hamda tumandagi kommunal soha vakillari, shuningdek, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” hamda mas’ul tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir davomida deputat tomonidan chorak davomida amalga oshirilgan ishlar hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan olib borilgan amaliy ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Deputat o‘z axborotida ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 5 ta sessiyasida faol ishtirok etgani, shuningdek, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari va eshituvlarida qatnashib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, kommunal infratuzilmani yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilik profilaktikasi hamda boshqa masalalar yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirganligini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida bildirilgan murojaatlar joyida muhokama qilinib, mas’ul tashkilotlar ishtirokida ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3