Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Umumta’lim maktabining sport anjomlari bilan jihozlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov hamda kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanning “Kichiksoy” mahallasida joylashgan 11-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasaning sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida maktabning sport zali, ochiq sport maydonchasi va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida foydalanilayotgan sport jihozlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, futbol, voleybol, basketbol to‘plari, to‘rlar, gimnastika anjomlari, yengil va og‘ir atletika jihozlari hamda boshqa sport inventarlarining mavjudligi, texnik holati va ulardan foydalanish samaradorligi tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, sport anjomlarining saqlanish sharoiti, ularning xavfsizlik talablariga muvofiqligi, o‘quvchilar uchun yetarli miqdorda mavjudligi hamda jismoniy tarbiya darslari va sport to‘garaklarini sifatli tashkil etish imkoniyatlari yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi. O‘rganish davomida aniqlangan qo‘shimcha ehtiyojlar yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5