Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy-tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan tuman deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Ma’rifat” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim S.Ro‘zmetovaning aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar muammolarini o‘rganish hamda manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirayotgan ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash tizimi, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy yordam choralarining amalga oshirilishi yuzasidan amaliy ishlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, deputat jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lgan fuqaro xonadoniga tashrif buyurib, uning salomatligi, davolanish jarayoni hamda mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida fuqaroning murojaatlari tinglanib, jarrohlik amaliyotini tashkil etish, zarur tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 2