Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
DEPUTAT NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLARNING QO‘LLANILISH HOLATINI O‘RGANDI

👨‍🦽Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma'rufjon o‘g‘li Kengash haftalik rejasiga asosan hamda Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida Naqqoshlik mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rgandi.

💬O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, ularga ajratilayotgan imtiyozlardan foydalanish holati, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda mavjud muammolar yuzasidan mas'ul tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga qonunchilik doirasida zarur tavsiyalar va deputatlik nazorati choralari belgilandi. Ta'kidlanganidek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘liq va adolatli foydalanishini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✅Uchrashuv yakunida fuqarolar o‘z murojaatlariga e'tibor qaratilgani, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilayotganidan mamnun ekanliklarini bildirib, deputat faoliyatiga ijobiy baho berdilar.

Slide 1 of 4