Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
Sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha axboroti joyiga chiqib o‘rganildi

Sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hokimining Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha axboroti joyiga chiqib o‘rganildi

🗂 O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi O‘RQ–226-son "Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi hamda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman hokimining Favqulodda vaziyatlar sohasidagi faoliyati bo‘yicha hisoboti yuzasidan Kengash deputatlari tomonidan Beshqayrag'och mahallasidagi 11-yong‘in-qutqaruv qismiga joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

🇺🇿 O‘rganishda Kengashning Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari Abdurashid Abdushukurov, Artur Xaydarov, Oleg Revtov, Galina Gennadiyevna, Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Jamshid Karimov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilovlar ishtirok etdi.

🕯 O‘rganish davomida 11-yong‘in-qutqaruv qismida 36 nafar shaxsiy tarkib uch smenada 24/7 tartibida xizmat olib borayotgani, qismda zamonaviy talablarga javob beradigan 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi doimiy shay holatda saqlanayotgani deputatlarga ma’lum qilindi. Har bir maxsus texnikada 4 tonna suv sig‘imi, texnogen avariyalarni bartaraf etish uchun zarur uskunalar hamda 220 litr hajmdagi maxsus ko‘pik hosil qiluvchi suyuqlik mavjudligi ko‘zdan kechirildi.

📊 Shuningdek, Toshkent shahri bo‘yicha 24 ta yong‘in-qutqaruv qismi zamonaviy aloqa vositalari va yong‘in gidrantlarining elektron lokatsiya tizimi bilan ta’minlangani yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Doimiy komissiya a’zolari tomonidan shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ–81-son hamda 2022-yil 11-maydagi PQ–240-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarorlarida belgilangan vazifalar, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi. Yakunda o‘quv signali asosida shaxsiy tarkibning tezkor shay holatga kelishi amaliy tarzda namoyish etildi.

📁 O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan qismning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan maishiy sharoitlarni yaxshilash hamda xizmat samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Bildirilgan taklif va tavsiyalarni belgilangan tartibda doimiy komissiya majlisi hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 7