Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
YOSHLAR SPORTINI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALASI KENGASHDA MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasida yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan muhim masala ko‘rib chiqildi.

Xususan, besh muhim tashabbus doirasida futbol va mini futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi”, kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi”, voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi”, stol tennisi bo‘yicha “Soliq qo‘mitasi kubogi”, shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, jasorat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarining tuman bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etish, g‘olib va sovrindorlarni munosib rag‘batlantirish masalasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, bunday sport musobaqalari yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, iqtidorli sportchilarni aniqlash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni vatanparvarlik, intizom va jamoaviylik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 003 440 000 (bir milliard uch million to‘rt yuz qirq ming) so‘m mablag‘ ajratish masalasi Kengash deputatlari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, III-22-62-14-204-K/26 son qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 1