Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Doimiy komissiya yig‘ilishida deputatlar faoliyati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlarining 2026-yilning o‘tgan davri, xususan iyun oyidagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, deputatlarning Kengash sessiyalaridagi ishtiroki, doimiy komissiyalar faoliyatidagi faolligi, deputatlik so‘rovlari yuborish amaliyoti, saylov okruglarida fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi hamda murojaatlar bilan ishlash holati muhokama etildi.

Tahlillar davomida ayrim deputatlar tomonidan sessiyalarda muntazam ishtirok etilmagani, deputatlik so‘rovlari yuborish borasidagi faollik yetarli emasligi hamda saylov okruglarida tasdiqlangan reja-grafik asosida fuqarolar bilan uchrashuvlarni o‘tkazish yuzasidan kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Shu bilan birga, faol deputatlar va doimiy komissiyalar tomonidan amalga oshirilgan samarali ishlar ham alohida e’tirof etildi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya kotibi M.Axmedova mazkur masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, saylovchilar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli takliflarni ilgari surdi.

Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan qonunchilikda belgilangan vakolatlarni samarali amalga oshirish, saylovchilar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish, deputatlik so‘rovlari va nazorat tadbirlarini faollashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6