Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar tomonidan tumandagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlarida aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish jarayonida fuqarolarni qabul qilish tizimi, davlat xizmatlarining belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rsatilishi, murojaatlar bilan ishlash sifati, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda xizmat ko‘rsatish jarayonida yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, nikohni qayd etish, tug‘ilganlik, o‘lim, nikohdan ajralish va boshqa fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etilganligi ko‘zdan kechirildi.
🔹O‘rganish yakunida aholiga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini ko‘rsatish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan davlat organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5