Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
🌞 QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA – BARQAROR TARAQQIYOT GAROVI

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati T.Yaqubov o‘z saylov okrugida bo'lib, kotibiyat xodimi U.Ruzmetov hamda ijro hokimiyati vakili D.Egamberganov bilan birgalikda tumandagi "Xitoy" mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi.
🔎 O‘rganish jarayonida korxonada energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, tadbirkor tomonidan elektr energiyasidan oqilona foydalanish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida umumiy quvvati 50 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgani o‘rganildi.
☀️ Mazkur loyiha korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan qoplash, energiya tejamkorligini oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
🤝 O‘rganish davomida tadbirkor bilan muloqot qilinib, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni yanada kengaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, "yashil iqtisodiyot" tamoyillarini keng joriy etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish borasidagi ishlar yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda. 🌱⚡️

Slide 1 of 4