Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva "Qishloqozon" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida yoshlar yetakchisi tomonidan "Yoshlar daftari" bilan ishlash, ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Shuningdek, mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, davlat dasturlari hamda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. O‘rganish yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar navbatdagi ishlar rejasini belgilashda inobatga olinishi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2