Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
#Sessiya

Toyloq tumani hokimining tashabbuslari bilan Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi qarori asosida ajratilgan mablag‘lar asosida tuman markazida “Baxtiyor ona” timsoliga bag‘ishlangan Vatanparvar bog‘i barpo etildi. Mazkur maskan bugungi kunda nafaqat ko‘rkam sayilgoh, balki yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlovchi ma’naviy maskan sifatida ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Bog‘ hududida Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib, fidoyilik va qahramonlik ko‘rsatgan Toyloqlik yurtdoshlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi tashkil etilgan bo‘lib, unda “Hech kim, hech qachon unutilmaydi” degan ezgu g‘oya mujassam etilgan. Ushbu maskan aholining, ayniqsa yoshlarning tarixiy xotira va vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishida muhim o‘rin tutmoqda.

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputatlari hamda mas’ul tashkilot vakillari tomonidan mazkur hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Tuman markazida bunyod etilgan ushbu ko‘rkam maskan Toyloqliklarda faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, yurt ravnaqi va inson qadri yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning amaliy ifodasiga aylanmoqda.

#Sessiya


Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3