Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#24_ta_masala #ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati Mamadiyev Abduxalil Shodmonkulovich tomonidan Ukrach mahallasida joylashgan 5-son oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida fuqarolar uchun tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik jarayonlari, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, shuningdek, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, aholiga qulay va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda dori-darmon ta’minotini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 7