Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLADA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA INSTITUTINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN QONUNCHILIK TARG‘IB QILINDI
янв.21
FERMERLIK FAOLIYATIGA OID QONUNCHILIK MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Doimiy komissiya tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha qurilishi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi PQ–141-sonli “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri X. Xo‘jamqulov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T. Mardonov ishtirokida Paxtachi mahallasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha — 180 o‘rinli umumta’lim maktabi qurilish jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda obyektda olib borilayotgan ishlar ustidan nazoratni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining doimiy komissiyasi tomonidan mazkur qaror ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

Tadbir tashkilotchisi:
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Panjiyev.

Slide 1 of 4