Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Madaniyat sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan o‘ziga biriktirilgan Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-yanvardagi O‘RQ-668-sonli “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Qo‘qon shahar Madaniyat bo‘limi boshlig‘i N.Ermatov ishtirok etib, mazkur Qonun talablarini amaliyotga tatbiq etish, madaniyat muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

O‘rganish davomida Qonun ijrosini ta’minlash doirasida madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlar va san’atga keng jalb etish, madaniyat sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida madaniyat bo‘limi tomonidan tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda madaniyat muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2