Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
DEPUTAT SO'ROVIGA JAVOB: YOSHLAR UCHUN SUN'IY INTELLEKT VA IT KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA

 Mamlakatimizda yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish maqsadida joriy etilgan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida tumanda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda:

🎓 Amalga oshirilgan ishlar:
Raqamli Texnologiyalar Vazirligi bilan hamkorlikda “IT study” onlayn o‘quv kurslari (xorijiy tillar, SMM va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida) tashkil etildi.
Loyihaning birinchi bosqichida 69 nafar yoshlar onlayn kurslarga jalb qilinib, o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan holda maxsus sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.
Tuman hokimining sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi ko‘magida qo‘shimcha 34 nafar yoshlar ushbu yo'nalishdagi kurslarga jalb etildi va ularning birinchi sinov darslari o‘tkazildi.

📌 Oldindagi reja va maqsadlar:
Hozirgi kunda yoshlar yetakchilari tomonidan Ijtimoiy reyestrda turgan 67 nafar yoshlarni oflayn darslarga jalb qilish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Bepul kurslarga qatnaydigan yoshlarga qulaylik yaratish va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida, jamoat transportida bepul harakatlanish uchun maxsus “Atto” kartalari taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Barcha mahallalarda ko‘proq yoshlarni qamrab olish va ushbu istiqbolli loyihani yanada kengaytirish maqsadida faol targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda. 🚀📚