Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI – E'TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN AMALIY MULOQOT: USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
янв.21
ADLIYA BO‘LIMINING YARIM YILLIK AXBOROTI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MOLIYA VA IQTISODIYOT BO‘LIMI XODIMLARIGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
янв.21
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUVDA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI VA FUQAROLAR FIKRLARI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SO‘FI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Joylarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda

📍 Joylarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda

🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari N.Tilovov, M.Turopovalar o‘z saylov okruglarida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari N.Abraxmatov, O.Norbo‘tayevlar hamda tegishli mas’ullar ishtirokida joylarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

📋 O‘rganishlar davomida aholi murojaatlari, hududlardagi dolzarb muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va ijro intizomi holati atroflicha tahlil qilinmoqda. Shuningdek, mas’ullar tomonidan yuritilayotgan “Ko‘chama-ko‘cha aylanish” jurnali ko‘zdan kechirilib, unda qayd etilgan muammolarning holati, ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda ijro jarayonlari o‘rganilmoqda.

👥 Deputatlar va Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan joylardagi holatlar bevosita ko‘zdan kechirilib, tegishli hujjatlar bilan taqqoslanmoqda. Bu jarayon mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha asosli takliflarni shakllantirish hamda deputatlik nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

✅ Bu esa hududlardagi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish, ijro intizomini mustahkamlash va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.